Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida salbiy holatlarni oldini olishga qaratilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2022-yil 8-mart kungi tegishli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 6 yanvar kuni “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlarni oldini olish, xodimlarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash” mavzusida o‘quv-seminar o‘tkazildi.
O‘quv seminarida Andijon davlat universiteti psixologi Muxtarov Otabek, “Shayx Muxiyiddin Maxdum” islom o‘rta-maxsus bilim yurti mudarrisi Jamolov Nodirbek, Andijon viloyati IIB Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi psixiatr shifokori Alimov Rustam Alimovich hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV SHXBB Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari ishtirok etdilar.
Andijon davlat universiteti psixologi Muxtarov Otabek ichki ishlar organlarida xodimlarning xizmat samaradorligi va sog‘lom ruhiy muhitni barqarorligini taʼminlash, ijtimoiy tarmoqlarda rivojlanib kelayotgan tavakkalchilikka asoslangan “1XBET”ga berilmaslikni oldini olish maqsadida “Axborot xurujlari va internet negizida nosog‘lom g‘oyalar yashiringan o‘yinlarda shaxsni himoya qilishning ijtimoiy psixologik usullari” mavzusida suhbat o‘tkazib, zarur tushunchalarni berib o‘tdi.
Shayx Muxiyiddin Maxdum” islom o‘rta-maxsus bilim yurti mudarrisi Jamolov Nodirbek hozirgi kunda avj olayotgan “1XBET” o‘ynash dinimizda harom qilinganligi to‘g‘risida sahih hadislardan misollar keltirib yana bir bor dinimiz va qonun tomonidan ham shu va shu kabi o‘yinlar o‘ynash qatʼiyan man etilganligini tushuntirib berdi.
Shuningdek, seminarda Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari orasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, salbiy holatlar yuzaga kelishini oldini olish borasida bir-qancha ishlar olib borilayotganligini taʼkidlab o‘tildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati