Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida xizmat va ijro intizomini mustahkamlashga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etilmoqda
Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan xodimlar o‘rtasida xizmat va ijro intizomini mustahkamlash, qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida uchrashuvlar tashkil etib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning 18-19 noyabr kunlari Andijon, Izboskan, Baliqchi, Paxtaobod hamda Ulug‘nor tumani IIBlarida barcha shaxsiy tarkib bilan yig‘ilishlar tashkil etildi.
Xususan, Andijon tumani hokimlik binosining majlislar zalida o‘tkazilgan yig‘ilishda Andijon viloyati IIB maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshlig‘i polkovnik A.Imyaminov so‘z olib, xizmat va ijro intizomini mustahkamlashda har bir bo‘g‘in rahbarlari masʼul ekanligi, har bir qonunbuzilish holatlari favqulodda hodisa sifatida baholanishini aytib o‘tdi. Shundan so‘ng, so‘z olgan IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik A.Furqatov har bir xodimning ijtimoiy himoyalanganligi, xizmatni qonun normalari asosida olib borgan xodimlar doimo yuqori natijalarga erishib kelishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Tadbir yakunida xizmatdagi namunali hulqi bilan hamkasblariga alohida o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshlig‘ining esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalari topshirildi.
Hozirda bu boradagi profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati