Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 900 million so‘mga teng bo‘lgan noqonuniy saqlab kelinayotgan kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari aniqlandi
2022-yil 1-fevral kuni Andijon viloyati IIB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi, Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB hamda Andijon viloyati IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlarining hamkorligida tezkor-tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida Andijon shahrida yashovchi fuqaro M.N o‘zi boshqaruvidagi xususiy maktabgacha taʼlim muassasada yashirin joy tashkil qilib, umumiy qiymati 900 million so‘mlik 6595 dona “Tropikamid”, 4871 dona “Lirika” va 3539 dona “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini sotish maqsadida noqonuniy saqlab kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati