7 Aprel 2022 yil 397

Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan “gashish” giyohvandlik moddasini sotayotgan fuqaro qo‘lga olindi

2022-yil 1-aprel kuni Andijon viloyati IIB JQB, Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB JQB hamda Andijon viloyati IIB JXX JTSB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbir natijasida fuqaro X.A  xolis xaridorga og‘irligi 5.66 gramm bo‘lgan “gashish” giyohvandlik moddasini 1 million 110 ming so‘m pul evaziga sotayotgan  vaqtda ushlandi.  

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ayblanuvchi shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech