Andijon viloyati ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolari ishtirokida “Otam, onam va men-sportchilar oilasi” shiori ostida sport musobaqasi o‘tkazildi
Joriy yilning 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri hamda Andijon viloyati IIB boshlig‘ining tegishli buyruqlariga asosan viloyat ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan xodimlarning oila aʼzolari o‘rtasida “otam-onam va men sportchilar oilasi” shiori ostida ko‘pkurash sport musobaqasi o‘tkazildi.
O‘tkazilgan sport musobaqasida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi hamda shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlaridan 30 dan ortiq sportchi oilalar ishtirok etdi. Musobaqa shartlariga asosan dastlab quvnoq startlar, estafeta, arqon tortish va arg‘imchoqda sakrash turlari bo‘yicha bellashildi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra faxrli uchinchi o‘rinni andijon shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining Shoyadbek Mamajonovlar oilasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin esa Baliqchi tumani ichki ishlar bo‘limining Begzod Xo‘jamovlar oilasiga nasib etdi. Mutlaq g‘oliblikka Jalaquduq tumani ichki ishlar bo‘limining Ixtiyorjon Egamovlar oilasi munosib deb topildi.
Musobaqa yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu o‘tkazilgan musobaqa ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan oilalar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirish hamda sportni keng ommalashtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati