8 Noyabr 2022 yil 445

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida shaxsiy tarkibning siyosiy-huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida, ichki ishlar organlarining faoliyati, maqsadi va vazifalarini o‘zida aks ettirgan O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Prezident hujjatlari, Hukumat qarorlari va Ichki ishlar vazirligining meʼyoriy buyruqlari mazmun-mohiyati shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazib borilmoqda.

Xususan, “Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” munosabati bilan Andijon viloyati IIB Tashkiliy boshqarma Yuridik taʼminlash guruhi hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish tizimini yaratish hamda O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimini modernizatsiya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 26 dekabrdagi PQ-4079-sonli qarori, “O‘zbekiston Respublikasining Fuqaroligi to‘g‘risida” 2020 yil 13 martdagi O‘RQ-610-son Qonunining mazmun-mohiyati, ahamiyati barcha xodimlar eʼtiboriga to‘liq yetkazildi va tushuntirildi.

Mahorat darsi davomida ishtirokchilarning mazkur sohaga oid savollariga Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bosh inspektori kapitan A.Yuldashev tomonidan huquqiy tushunchalar berildi.

  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech