Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan "Namunali oila" ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi
Tanlov avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi. Shundan so‘ng tadbir ochiq deb eʼlon qilinib, ishtirokchilar yig‘ilganlarga tanishtirildi. Ishtirokchilar o‘zlarining chiqishlari bilan birinchi shart bo‘lgan tanishtiruv qismini taqdim etdilar. Hakamlar tomonidan ishtirokchilar munosib baholandi.
Shundan so‘ng navbatdagi shartga ko‘ra ishtirokchilar tomonidan o‘zlarining hayot yo‘llari aks etgan elektron foto va video materiallarni navbat bilan taqdim etdilar.
Tadbir davomida "Biz kitobxon oilamiz" nomli shart eʼlon qilindi. Ushbu shartda ishtirokchilar o‘zbek va jahon adabiyotidan bilimlarini sinab ko‘rdilar. Hakamlar tomonida taqdim etilgan savollarni tanlab ushbu savollarga javoblar berdilar.
Bo‘lib o‘tgan ko‘rik tanlov davomida isteʼdodli sanʼatkorlar tomonidan sho‘x kuy qo‘shiqlar ijro etilib yig‘ilganlarga aʼlo kayfiyat ulashdilar.
Yakunda hakamlar hayʼati tomonidan jamoalarning to‘plagan ballari eʼlon qilindi. Eng namunali ishtirok etgan oila, eng faol qatnashgan oila nominatsiyalari bo‘yicha jamoalar taqdirlandi. Shundan so‘ng faxrli o‘rinlarni olgan jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati hamda hakamlar tomonidan esdalik sovg‘alar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra Andijon shahar IIO FMB IIB tayanch punkti profilaktika inspektori, kapitan Jo‘rayev Xurshidbek oilasi faxrli 1-o‘rinni egallab respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati