Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan xodimlarning ish bilan band bo‘lmagan oila aʼzolarini "Ishga marhamat" monomarkaziga sayohati tashkil etildi
Andijon viloyati IIB va viloyat bandlik bosh boshqarmasining o‘zaro hamkorlik memorandumiga asosan xodimlarning ish bilan band bo‘lmagan oila aʼzolarini kasb-hunarga o‘qitish va bandligini taʼminlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yilning 5-aprel kuni Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan bir guruh xodimlarning oila aʼzolarini Andijon shahridagi "Ishga marhamat" monomarkaziga sayohati tashkil etildi.
Maʼlumot o‘rnida bugungi kunga qadar xodimlarning ish bilan band bo‘lmagan oila aʼzolarining ro‘yxatlari shakllantirilib, ularning 9 nafari o‘qishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 2 nafarining sertifikat olishi taʼminlandi.
Hozirda bu boradagi amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati