27 Dekabr 2021 yil 493

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan va yangi qabul qilingan xodimalar hamda ularning farzandlari ishtirokida Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markaziga sayohat uyushtirildi

Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tashabbusi bilan ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan va yangi qabul qilingan xodimalar hamda ularning farzandlari ishtirokida Bobur nomidagi Andijon viloyati axborot-kutubxona markaziga sayohat uyushtirilib, aʼzolikka qabul qilindilar.

Bugungi kunda axborot-kutubxona markazi 872 mingdan ziyod kitob fondiga ega bo‘lib, kitobsevarlarga ilm-maʼrifat ulashishda xizmat qilib kelmoqda. Uyushtirilgan sayohatdan asosiy ko‘zlangan maqsad ayol xodimalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga yo‘naltirish hamda ularning kitobga bo‘lgan mehrini yana-da kuchaytirishdan iborat.

Shuningdek, yosh xodimalarga mahorat darsi hamda amaliyotchi psixolog tomonidan psixologik trening o‘tkazildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech