12 Aprel 2023 yil 270

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari tizimida 2023-yilda yoshlarga oid davlat siyosatini samarali amalga oshirish yuzasidan hamkorlikdagi chora-tadbirlar dasturi, shuningdek, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish maqsadida, yosh xodimlar o‘rtasida “Ajdodlar izidan” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan intellektual o‘yin qiziqarli va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. O‘yin natijasiga ko‘ra, Oltinko‘l tumani IIB jamoasi 3-o‘rinni, Xo‘jaobod tumani IIB jamoasi 2-o‘rinni hamda IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qo‘shinlarining 7255-sonli harbiy qismi jamoasi esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi hamda maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech