Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash bosqichi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6099-sonli Farmoni talablari, shuningdek,Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish hamda sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 14-mart kuni yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash bosqichi o‘tkazildi.
Saralash bosqichida jami 20 ta jamoa ishtirok etib, shundan 6 ta jamoa viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘tkazilgan intellektual o‘yin qiziqarli va bahs-munozaralargaboy bo‘ldi. Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi hamda maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati