25 Mart 2023 yil 274

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi“Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6099-sonli Farmoni talablari, shuningdek, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotganyosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish hamda sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish maqsadida, yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining viloyat bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan intellektual o‘yin qiziqarli va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Qiziqarli va murosasiz o‘tgan o‘yin natijasiga ko‘ra,Shahrixon tumani IIB jamoasi 3-o‘rinni, Xonobod shahar IIB jamoasi2-o‘rinni hamda Andijon viloyati IIB jamoasi esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.

Yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasihamda maʼnaviy-axloqiy saviyasini oshirish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech