9 Dekabr 2021 yil 471

 Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi  

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan yosh xodimlarning intellektual va professional bilim darajasini, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borish hamda ularning “Vatanga va xalqqa xizmat qilish – eng oliy saodat” konseptual g‘oyasi asosida faoliyat olib borishlarini taʼminlash maqsadida 8 dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan yosh xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari o‘tkazildi.

Zukko, bilimdon va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yigit-qizlar “Zakovat” savol-javoblarida o‘z mahoratlarini namoyish etib, bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Barcha shahar-tuman IIBlarining jamoalari ishtirok etgan bahs yakuniga ko‘ra Baliqchi tumani IIBning yoshlar jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB hamda Asaka tumani IIBning yoshlar jamoalari faxrli ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari hamda diplomlar bilan taqdirlandilar.

Mazkur intellektual o‘yinlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning intellektual va professional bilim darajasi, maʼnaviy-axloqiy saviyasini muntazam ravishda oshirib borishdir. Shuningdek, bu borada bilimli va salohiyatli xodimlarga iqtidorini namoyon etishlari uchun yetarlicha shart-sharoitlar yaratish, ularni munosib rag‘batlantirish, xodimlarda ilmni qadrlashga, kitob mutolaasi bilan ko‘proq shug‘ullanishga va bilim olishga intilishlari kabi tushunchalarni mustahkamlashdan iboratdir.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech