5 Noyabr 2022 yil 267

Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun bo‘lib o‘tgan navbatdagi "Maʼnaviyat va maʼrifat darsi"da bir guruh xodimlar va faxriylar taqdirlandi

Dastlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etildi.

Shundan so‘ng “O‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik – tinchlik garovi ” mavzusida Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi Azizov Ikromjon tomonidan davlatimiz tomonidan qo‘shni davlatlar bilan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida maʼruza qilindi.

Shundan so‘ng kun tartibidagi navbatdagi tadbirga o‘tildi. Unda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Imtiyozli uy-joy bilan taʼminlangan xodimlarga tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, “Vatan” xayriya jamoat fondi tomonidan Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayrim xodimlar va faxriylar taqdirlandi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech