8 Oktyabr 2022 yil 268

Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsida IIV Faxriylar kengashi aʼzolari ishtirokida bo‘lib o‘tdi

Dastlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etildi.

Bugungi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsida Ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, isteʼfodagi polkovnik Boltaboyev G‘ayratjon Jo‘rayevich hamda ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashi aʼzosi, isteʼfodagi polkovnik Yuldashev Isroil Islamovichlar ishtirok etdilar.

Ichki ishlar vazirligi Faxriylar kengashi raisining birinchi o‘rinbosari, isteʼfodagi polkovnik Boltaboyev G‘ayratjon Jo‘rayevich tomonidan ichki ishlar organlarida xizmat qilish, ushbu kasbning o‘ziga xos qiyinchiliklari-yu vatanni qo‘riqlash sharafli burch ekanligi taʼkidlab o‘tildi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda xodimlar to‘g‘risida tarqalgan videomateriallar to‘g‘risida ham so‘z yuritildi va ushbu holatlar yuzasidan yig‘ilgan ishtirokchilarga maʼlumotlar yetkazildi.

Shundan so‘ng Ichki ishlar vazirligi tomonidan ayrim xodimlar va faxriylarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimda bir guruh xodimlar va ularning ota-onalari tantanali ravishda taqdirlandilar.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan, Andijon viloyati Ichki ishlar organlarining quyidagi faxriylar va xodimlar  taqdirlandi:

 

“Ichki ishlar organlar faxriysi”  ko‘krak nishoni bilan:

 

- Isteʼfodagi mayor Zuxriddinov Komiljon Raxmonovich;

- Isteʼfodagi podpolkovnik Jo‘rayev Anvarjon;

- Isteʼfodagi mayor Nasririddinov Dilshodbek Mexmonovich;

- Isteʼfodagi katta serjant Qo‘ldashev Muxtorjon Mirolimovich;

- Isteʼfodagi podpolkovnik Qodirov Xayrullo.

 

“3-Toifali kinolog”  ko‘krak nishoni bilan:

Andijon viloyati IIB Kinologiya bo‘linmasi instruktor-kinologi safdor Jumanaliyev Omonali Topvoldi o‘g‘li.

 “2-Toifali kinolog”  ko‘krak nishoni bilan:

Andijon viloyati IIB Kinologiya bo‘linmasi kichik instruktor-kinologi safdor Qosimov Azizjon Gafurovich.

 “1-Toifali kinolog”  ko‘krak nishoni bilan:

Andijon viloyati IIB Kinologiya bo‘linmasi instruktor-kinologi kichik serjant Umarov Ilyosbek Rashidovich lar taqdirlandilar.

Bundan tashqari faxriylar kengashi aʼzolari Andijon viloyat ichki ishlar boshqarmasining “Shon-sharaf” muzeyiga tashrif buyurdilar. Unda faxriylar O‘rta Osiyo, xususan, Andijonning qadimgi davlatchilik xavfsizligidan boshlab, bugungi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, hududiy xavfsizlik va xalq osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilgan fidoiylar, o‘tgan har bir davrning voqea hodisalarini o‘zida mujassam etgan ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishdilar.

Faxriylar tomonidan Andijon viloyati IIB Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadiga ham borilib, bu joydagi harbiy texnikalar hodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga bag‘ishlangan yig‘ilish ham o‘tkazildi.

Bundan tashqari isteʼfodagi mayor Yakubjonov Yusufjon hamda isteʼfodagi podpolkovnik Jalilov Jo‘raxonlarning yashash xonadonlariga borib ularning xolidan xabar oldilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech