Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun o‘tkazilgan navbatdagi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi “Taraqqiyot strategiyasi – demokratik islohotlar asosi” mavzusida bo‘lib o‘tdi
Andijon viloyati IIB apparati shaxsiy tarkibi uchun 2022-yil 8-yanvar kuni kuni “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi o‘tkazildi. Unda dastlab, Andijon viloyati teleradiokompaniyasi direktori, viloyat maʼnaviyat targ‘ibotchilar aʼzosi, Isroilov Abbosbekning “Taraqqiyot strategiyasi – demokratik islohotlar asosi” maʼruzasi tinglandi. Unda bugungi kunda har bir sohadagi o‘zgarish, tatbiq etilgan zamonaviy amaliyotlar, loyihalar, inson farovonligi va uning qadr-qimmatini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlarning barchasi amalda bo‘y ko‘rsatayotganligi eʼtirof etildi.
Shuningdek, “90 yillardagi jinoyatchilik ahvoli, jinoyatchilikni oldini olish va ochish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar xususida” isteʼfodagi polkovnik G‘ulomjon Raximov hamda Faxriylar kengashi raisi, istefodagi podpolkovnik Yusupov Davronlar tomonidan ham maʼruzalar qilindi. Ular tomonidan barcha shaxsiy tarkibga o‘sha vaqtdagi xodimlarning xizmatdagi mashaqqatlari, jinoyatchilikni oldini olishdagi qahramonliklari hayotiy misollar yordamida yetkazildi.
Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi va Andijon viloyati IIB Kasbiy tayyorgarlik bo‘limi tomonidan tayyorlangan videoroliklar hamda xodimlarning xizmat faoliyatini aks ettirgan qo‘shiq namoyish etildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati