11 Sentyabr 2021 yil 604

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati tashabbusi bilan OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil etildi

Joriy yilning 11 sentyabr kuni Andijon viloyati IIB Axborot xizmati hamda viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi hamkorligida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumaniga viloyatdagi barcha bosma va elektron OAV vakillari, jurnalist, bloger, veb-sayt adminlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va viloyatdagi boshqarma, tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlari taklif etildi.

Unda Andijon viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan o‘tgan 8 oy davomida amalga oshirilgan ishlar hamda sohada olib borilayotgan islohotlar yuzasidan ommaviy axborot vositalari vakillariga hisobot taqdim qilindi. Tadbirda ishtirok etgan jurnalist va blogerlar sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan  batafsil javoblar olishdi.

Matbuot anjumani yakunida O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga tan olingan 10 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya ID kartalari ommaviy axborot vositalari xodimlarning ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech