Andijon viloyati IIB Axborot xizmati tomonidan ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlari uchun o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-10-son qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 28-fevraldagi 51-son farmoyishiga muvofiq, viloyat ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l-patrul va patrul-post xizmati bo‘linmalari xodimlariga Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksining mazmun-mohiyatini chuqur singdirish hamda ularning fuqarolar bilan muloqot jarayonida kasbiy mahorati, muomala madaniyatini oshirish, vaziyatni to‘g‘ri baholash va tezkor qaror qabul qilish ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 6-mart kunidan boshlab, Ichki ishlar vazirligi 7255-sonli harbiy qism bazasida xizmatdan ajralgan holda bir haftalik o‘quv yig‘inlari tashkil etilmoqda.
Ishlab chiqilgan o‘quv dasturiga asosan joriy yilning 13-aprel kuni Andijon viloyati IIB Axborot xizmati boshlig‘i, kapitan Sh.I.Nuriddinov tomonidan "Ommaviy axborot vositalari va blogerlar bilan ishlash metodlari. Jamoatchilik nazorati subyektlari bilan muloqotga kirishishning huquqiy asoslari" mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Dastlab, o‘quv yig‘ini tinglovchilariga bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi roli va ularning vazifalari nimalardan iborat ekanligi tushuntirildi.
Shundan so‘ng jurnalist, bloger va ijtimoiy tarmoq faollari bilan muloqotga kirishilgan vaqtda talab qilinadigan qoidalar, muomala madaniyatiga qatʼiy amal qilish yuzasidan hayotiy misollar yordamida batafsil tushunchalar berildi.
O‘quv mashg‘uloti yakunida tinglovchilar tomonidan mavzu yuzasidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati