Andijon viloyati IIB boshlig‘i Andijon tumani “Daryo bo‘yi” mahallasida jinoyatchilikni oldini olish va aholi muammolarini o‘rganish maqsadida uchrashuv o‘tkazdi
Andijon viloyati IIB boshlig‘i IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari polkovnik Ayubxon Raxmatulayevning tashabbusi bilan joriy yilning 21-22 aprel kunlari Andijon tumani “Daryo bo‘yi” mahallasida jinoyatchilikni oldini olish va aholi muammolarini o‘rganish maqsadida jami 52 nafar ishchi guruh xodimlari jalb qilinib, shundan 32 nafari ichki ishlar xodimlari, 10 nafar patronaj hamshiralar, 6 nafar hamkor tashkilot vakillari va 4 nafar mahalla faollaridan iborat bo‘lgan 4 ta ishchi guruhlar tashkil qilindi.
O‘tkazilgan tadbirlar davomida Andijon tumani “Daryo bo‘yi” mahallasining Andijon, Fidoiy, Anhor, Oyboshi, Furqat, O‘qituvchilar va Ijodkor ko‘chalarida joylashgan obyektlar, 510 ta yashash xonadonlar, noturar binolar, 3 ta ko‘p qavatli uylarning xar biriga ishchi guruh aʼzolari tashrif buyurib, xonadonlarda yashovchi fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Ushbu o‘tkazilgan xatlov yakunlarining muhokamasi va aholi bilan yaqindan muloqot qilish maqsadida 25 aprel kuni viloyat IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida, fuqarolarga bugungi kunda sodir etilayotgan oila turmush doirasidagi mudhish jinoyatlar va ularning ayanchli oqibatlari to‘g‘risida hayotiy misollar orqali batafsil maʼlumotlar berilib, hushyorlik va ogohlikka chaqirildilar.
Shundan so‘ng ushrashuvda aholidan bir qancha muammolar va murojaatlar kelib tushdi. Ish bilan taʼminlash, tibbiyot masalasida, moddiy yordam, uy-joy masalasida, kredit olish, ichimlik suvi, elektr va boshqa masalalardagi murojaatlar qabul qilindi.
Xususan, Andijon tumani “Daryo bo‘yi” mahallasi Oyboshi ko‘chasidagi nosoz holga kelib qolgan 22 ta qo‘lbola simyog‘ochlar sektor rahbari tashabbusi bilan 22 ta beton tayanchlarga almashtirib berildi. Shuningdek, ushbu ko‘chaga ichimlik suvi tarmog‘i yetib kelmaganligi aniqlanib, aholini to‘la ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida taʼmirlash ishlari boshlandi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati