25 Avgust 2023 yil 9088

Andijon viloyati IIB boshlig‘i Bo‘ston tumanida  aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi

Xalq bilan yuzma-yuz muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining keng qatlami ichiga kirish, ularning muammolarini tinglash, qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishdir. Bu kabi ezgu va xayrli ishlarni amalga oshirish uchun, avvalo, odamlar bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.

Ayni shu maqsadda joriy yilning 23-avgust kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i A.T.Raxmatullayev Bo‘ston tumani 3-sektor hududida yashovchi aholining murojaatlarini tingladi. Sayyor qabulda jami 36 nafar fuqaro qabul qilinib, 44 ta turli masalalardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Sog‘liqni saqlash, moddiy yordam berish, imtiyozli kredit olish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan murojaatlarning 27 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan 15 tasi tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.

Murojaatlarni qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech