12 Iyul 2022 yil 379

Andijon viloyati IIB boshligʻi Boʻston va Asaka tumanlarida uyushmagan yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi

Yoshlar muammolarini tinglash, ularning taklif va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida bugungi kunda yurtimizda keng koʻlamli amaliy ishlar olib borilmoqda.

Shu jumladan, barcha darajadagi rahbarlar yoshlar sohasini oʻz kun tartibidagi bosh vazifa sifatida belgilagan holda, mamlakatimizning barcha hududlarida, mahalla va qishloqlarda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etishib, ularning oʻz maqsad va intilishlari yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga koʻmaklashmoqdalar.

Joriy yilning 11-iyul kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik A.T.Raxmatullayevning Boʻston va Asaka tumanlarida uyushmagan yoshlar bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvlari ana shunday ezgu maqsadga qaratildi.

Dastlab Boʻston tumanida tashkil etilgan uchrashuvda tuman hokimi S.Nosirova, sektor rahbarlari hamda tashkilot-muassasalarning mutasaddilari ishtirok etdilar.

Yoshlarning muammo va takliflari boʻyicha birma-bir suhbatlashildi, ular asosan banklardan taʼlim kredit olish, ishga joylashish, oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻyish va boshqa masalalar boʻyicha murojaat qildilar.

Yoshlarning muammolari tinglanib, ularni ijobiy hal qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi va uchrashuv soʻngida birinchi bor pasport olayotgan yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Kunning ikkinchi yarmida Asaka tumanida oʻtkazilgan xuddi shu kabi uchrashuvda yoshlarning turli masalalardagi murojaatlari tinglanib, ularga amaliy yechimlar topildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech