2 Iyul 2022 yil 449

Andijon viloyati IIB boshligʻi bu gal Baliqchi tumanida sayyor qabul oʻtkazdi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik A.T.Raxmatullayev Baliqchi tumani «Uch buloq» ziyoratgohida «Aralxon» MFY aholisining murojaatlarini tingladi.

Boʻlib oʻtgan sayyor qabulda jami 31 nafar fuqarolar qabul qilinib, 32 ta turli masalalardagi murojaatlar koʻrib chiqildi.

Murojaatlarning 11 tasi tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kredit olish, 6 tasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini rasmiylashtirish masalalarida, 1 tasi ichki ishlar idoralariga ishga kirish, 3 tasi uy-joy qurilishi uchun moddiy yordam berish, 1 tasi yoʻllarni shagʻallashtirish hamda ichimlik suvi muammosi, 10 tasi boshqa masalalar boʻyicha murojaatlar qabul qilindi.

Murojaat qilgan fuqarolardan 15 tasi joyida ijobiy hal etilgan boʻlsa, qolgan 17 tasi tegishli tartibda ijroga yoʻnaltirildi.

Jumladan, 4 nafar fuqarolarga Baliqchi tumani “Yakkatol” MFY Qaynar buloq koʻchasida yashovchi Akromova Nilufarga, “Yakkatol” MFY Qaynar buloq koʻchasida yashovchi Marifova Xilolaga, “Arolxon” MFY Omilkor koʻchasida yashovchi Tursunova Barnoga hamda “Avesto” MFY Qoʻrgʻoncha koʻchasida yashovchi Botirova Dilrabolarga «Chevarchilik» faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun tikuv mashinalari taqdim etildi.

6 nafar fuqarolarga Oʻzbekiston respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalari shahsan boshqarma boshligʻi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Murojaatlar qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish boʻyicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech