25 Avgust 2022 yil 353

Andijon viloyati IIB boshligʻi Buloqboshi tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabul oʻtkazdi

Xalq bilan yuzma-yuz muloqotlardan koʻzlangan asosiy maqsad aholining keng qatlami ichiga kirish, ularning muammolarini tinglash, qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishdir. Bu kabi ezgu va xayrli ishlarni amalga oshirish uchun, avvalo, odamlar bilan muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari, orzu-niyatlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish kerak.

Ayni shu maqsadda Joriy yilning 24-avgust kuni Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik A.T.Raxmatullayev Buloqboshi tumani “Shifokor” bolalar sogʻlomlashtirish oromgohida Sarbontepa MFY aholisining murojaatlarini tingladi.

Sayyor qabulda jami 42 nafar fuqarolar qabul qilinib, 44 ta turli masalalardagi murojaatlar koʻrib chiqildi.

Ishga joylashish, sogʻliqni saqlash, moddiy yordam berish, imtiyozli kredit olish, jazosini muddatidan oldin ozod qilish, ichimlik suvi tushirish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini rasmiylashtirish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan koʻplab murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

Jumladan, tumanning Rohat koʻchasida yashovchi 1947-yilda tugʻilgan Arziyeva Saxodat Shakirovnaga nogironlik aravachasi taqdim etilib, yana 2 nafar fuqaroga sogʻligini tiklashlari va davolanishlari uchun shifoxonaga yoʻllanmalar berildi.

Bundan tashqari, 5 nafar fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi “ID” kartalari shaxsan boshqarma boshligʻi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Murojaatlar qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish boʻyicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berilda va ijrosi alohida nazoratga olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech