Andijon viloyati IIB boshlig‘i Jalaquduq tumanining 3-sektor hududida joylashgan “Haqiqat” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi
Aholi murojaatlari bilan ishlash, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topishda sayyor qabullarning ahamiyati katta.
Ayni shu maqsadda joriy yilning 14 sentyabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayev Jalaquduq tumani “Zumrad” tekstil binosida “Haqiqat” MFY aholisining murojaatlarini tingladi.
Sayyor qabulda jami 44 nafar fuqarolar qabul qilinib, 45 ta turli masalalardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Sog‘liqni saqlash, imtiyozli kredit olish, jazosini muddatidan oldin ozod qilish, kontrakt pullarini to‘lab berish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi “ID” kartalarini rasmiylashtirish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.
Xususan, 12 nafar fuqaroga 5 milliondan 30 million so‘mgacha pul va imtiyozli kredit sertifikatlari berildi.
Shuningdek, 4 nafar imkoniyati cheklangan fuqaroga nogironlik aravachalari, yana 2 nafar fuqaroga sog‘ligini tiklashlari va davolanishlari uchun shifoxonaga orderlar berildi.
Bundan tashqari, 7 nafar fuqaroga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi “ID” kartalari shaxsan boshqarma boshlig‘i tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati