13 Iyul 2022 yil 395

Andijon viloyati IIB boshligʻi navbatdagi yoshlar bilan uchrashuvlarni Andijon hamda Ulugʻnor tumanlarida oʻtkazdi

Xabaringiz bor iyul oyi Andijonda “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash oyligi” deb eʼlon qilindi.

Ushbu oylik doirasida Andijon viloyati IIB boshligʻi polkovnik A.T.Raxmatullayevning Andijon hamda Ulugʻnor tumanlarida yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Dastlab Andijon tumanida tashkil etilgan uchrashuvda tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda tashkilot-muassasalarning mutasaddilari ishtirok etdilar.

Yoshlarning muammo va takliflari boʻyicha birma-bir suhbatlashildi, ular asosan banklardan taʼlim kredit olish, ishga joylashish, oʻz bizneslarini yoʻlga qoʻyish va boshqa masalalar boʻyicha murojaat qildilar.

Yoshlarning muammolari tinglanib, ularni ijobiy hal qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi va uchrashuv soʻngida birinchi bor pasport olayotgan yoshlarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Kunning ikkinchi yarmida Ulugʻnor tumanida oʻtkazilgan xuddi shu kabi uchrashuvda yoshlarning turli masalalardagi murojaatlari tinglanib, ularga amaliy yechimlar topildi.



Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech