Andijon viloyati IIB boshligʻi tomonidan Andijon shahrida sayyor qabul oʻtkazildi
Joriy yilning 7-iyul kuni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik A.T.Raxmatullayev, Andijon shahar 3-sektor hududidagi iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan ogʻir boʻlgan “Hunarmand” MFY aholisining murojaatlarini tingladi.
Sayyor qabulda jami 42 nafar fuqarolar qabul qilinib, 52 ta turli masalalardagi murojaatlar koʻrib chiqildi.
Jumladan, ishga joylashish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini rasmiylashtirish, moddiy yordam berish, oziq-ovqat mahsulotlari olish uchun moddiy yordam, nogironlik aravachasi olish, toʻlov kontrakt pullarini toʻlab berish, jazosini muddatidan oldin ozod qilish, gaz balon, sogʻliqni saqlash masalasida, hamda shu kabi boshqa masalalarda murojaatlar qabul qilindi.
Murojaatlarning 38 tasi joyida ijobiy hal etilib, qolgan 14 tasi tegishli tartibda ijroga yoʻnaltirildi.
Jumladan, 5 nafar fuqarolarga 1 mln soʻm moddiy yordam pullari, 10 nafar fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari, 1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi, 2 nafar fuqarolarga gaz balonlar taqdim etildi.
6 nafar fuqarolarga Oʻzbekiston respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar shaxsan boshqarma boshligʻi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Murojaatlar qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish boʻyicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati