15 Iyul 2022 yil 377

Andijon viloyati IIB boshligʻi Xoʻjaobod tumani 3-sektor hududida joylashgan “Dilkushod” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi

Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi polkovnik A.T.Raxmatullayev, Xoʻjaobod tumani Dilkushod MFYda yashovchi fuqarolar uchun sayyor qabul oʻtkazdi. Mazkur qabulda MFY aholisining murojaatlarini tingladi.

Sayyor qabulda jami 28 nafar fuqarolar qabul qilinib, 28 ta turli masalalardagi murojaatlar koʻrib chiqildi.

Fuqarolar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish uchun kredit olish, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini rasmiylashtirish, Ichki ishlar idoralariga ishga kirish, uy-joy qurilishi uchun moddiy yordam berish, ichki yoʻllarni asfaltlash, ishga kirish, sogʻliqni saqlash masalasida, oʻtab kelayotgan axloq tuzatish ishlari jazosini muddatidan oldin ozod qilish hamda boshqa masalalar boʻyicha murojaatlar kelib tushdi.

Murojaat qilgan fuqarolarda 20 tasining murojaatlari joyida ijobiy hal etilib, qolgan 8 tasi tegishli tartibda ijroga yoʻnaltirildi.

1 nafar fuqaroga nogironlik aravachasi berildi. 6 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi. 6 nafar fuqarolarga Oʻzbekiston respublikasi fuqarolik pasportlari shaxsan boshqarma boshligʻi tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Murojaatlar qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish boʻyicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy koʻrsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech