Andijon viloyati IIB boshlig‘i Xonobod shahrida aholi murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi
Xalq bilan muloqot qilish tizimini yana-da takomillashtirish, aholi uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni tezkor hal etish maqsadida Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayev tomonidan viloyatimizning barcha shahar-tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilib kelinmoqda.
Ushbu ezgu maqsad yo‘lida joriy yilning 23-may kuni Xonobod shahrida masʼul ichki ishlar organlari xodimlari, tumandagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlarini jalb etgan holda Bunyodkor MFY aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida sog‘liqni saqlash, moddiy yordam olish,ishga joylashish, imtiyozli kredit ajratib berish,O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID karta rasmiylashtirish, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish hamda boshqa masalalarda jami 50 ta murojaat ko‘rib chiqildi.
Ushbu murojaatlarning 27 tasi ijobiy hal etildi, 23 tasi tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun vakolatli davlat organlariga yuborildi.
Murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berildi hamda ijrosi alohida nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati