22 Iyun 2023 yil 486

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining aholi murojaatlarini o‘rganish va hal etish qaratilgan navbatdagi sayyor qabuli Paxtaobod tumanida bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Sayyor qabullar orqali odamlarning dardini eshitish, og‘irini yengil qilish yurtdoshlarimizning davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ayni shu ezgu maqsad yo‘lida joriy yilning 21-iyun kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i A.T.Raxmatullayev  Paxtaobod tumanidagi Yuzlar MFY hamda 3-sektor hududida yashovchi aholining murojaatlarini tingladi.

Sayyor qabulda jami 35 nafar fuqaro qabul qilinib, 36 ta turli masalalardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam berish, subsidiya ajratish, Probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli masalalarda kelib tushgan murojaatlarning 32 tasi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan 4 tasi tegishli tartibda ijroga yo‘naltirildi.

Xususan, chevarchilik qilish masalasida murojaat qilgan 5 nafar fuqaroga 5.000.000 million so‘mdan imtiyozli kredit pullari va 7 nafar fuqaroga subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.

Sayyor qabulda kelib tushgan murojaatlarni qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech