26 Avgust 2022 yil 311

Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari tomonidan Jalaquduq tumanida sodir etilgan firibgarlik jinoyatlari yuzasidan muhokama yigʻilishi oʻtkazildi

Joriy yilning oʻtgan davrida Andijon viloyati hududida sodir etilayotgan jinoyatlarning asosiy salmogʻini firibgarlik jinoyatlari tashkil qilayotganligini inobatga olib, bu borada “viktimologik profilaktika”, yaʼni aholi oʻrtasida ularni jinoyat qurboniga aylanib qolmasliklariga qaratilgan targʻibot va tushuntirish tadbirlari ushbu turdagi jinoyatlarga qarshi kurashishning eng samarali usuli sifatida eʼtirof etilmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, 2022-yilning 25-avgust kuni Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari I.I.Fayzullayev tomonidan Jalaquduq tumanidagi “Shahrixonchek” va “Bozorboshi” MFY aholisi bilan uchrashuv oʻtkazilib, ushbu mahalla hududida sodir etilgan firibgarlik jinoyatlarini muhokama qilish bilan birga fuqarolarga firibgarlik jinoyatlarining turlari va sodir etilish usullari hamda ehtiyotkorlik choralari boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Yigʻilish yakunida fuqarolar oʻzlarining qiziqtirgan savollar boʻyicha tegishli javoblarni oldilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech