13 Avgust 2022 yil
380
Andijon viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari tomonidan yangi ishga qabul qilingan xodimlarning huquqiy bilimni oshirish boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi
Boshqarma boshligʻining JXX boʻyicha oʻrinbosari I.Ismanov, IIOga yangi ishga qabul qilingan psixolog inspektor va profilaktika inspektorlari bilan huquqiy bilimni oshirish boʻyicha davra suhbati oʻtkazdi.
Suhbat davomida yangi ishga qabul qilingan xodimlarga, ishga boʻlgan koʻnikma hosil qilish, oʻz kasbiga vijdonan, sadoqat bilan xizmat qilishi, xizmat intizomi va qonunchilik hamda ijrochilik boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishib chiqish, fuqarolar bilan doim xushmuomalada boʻlish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi boʻyicha bir qator tushunchalar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati