18 Oktyabr 2022 yil 412

Andijon viloyati IIB EKM xodimlari tomonidan viloyat IIB JXX JTS xodimlari uchun shaxsni yuz tuzilishi va qo‘l barmoq izlariga asosan identifikatsiya qilish to‘g‘risida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2022-yil  23-sentyabrdagi “Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari uchun “E-Patrul” tizimi, planshet va “bodikameralardan foydalanish tartibi bo‘yicha sayyor o‘quv-seminarlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi tegishdi farmoyishiga asosan joriy yilning 17-oktyabr kunidan 18-oktyabr kuniga qadar Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati saf bo‘linmalari xodimlari uchun “E-patrul” tizimi, planshet va “bodikameralardan foydalanish tartibi va amaliy ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha sayyor o‘quv-seminar mashg‘ulotlari tashkil etilishi belgilangan.

Shunga asosan IIV malaka oshirish instituti, JTS bosh boshqarmasi hamda Andijon viloyati IIB EKM masʼul xodimlari ishtirokida viloyat IIB JTSB xodimlari uchun Vazirlar mahkamasining 2022-yil 22-iyul kungi "Ichki ishlar organlari patrul-post xizmati faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 399-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida seminar trening mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Unda viloyat IIB EKM xodimlari tomonidan shaxsni yuz tuzilishi va qo‘l barmoq izlariga asosan identifikatsiya qilish to‘g‘risida amaliy o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Andijon viloyati IIB EKM xodimlari tomonidan o‘rnatilgan tartibda innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda o‘qitilishi, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan xodimlarga sertifikatlar topshirilishi to‘g‘risida ham  atroflicha maʼlumotlar yetkazildi.

Sayyor o‘quv yig‘inlari davom etmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech