15 Mart 2023 yil 393

Andijon viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi tomonidan o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan shaxs aniqlandi

Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro O.X ismli shaxs, Shahrixon tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2023 yil 23 fevral kuni Shahrixon tumanida joylashgan, o‘ziga tegishli bo‘lgan savdo do‘konida boshqa xaridorlar bilan chalg‘iganidan foydalanib, kassa stoli ustidagi  sumkasida bo‘lgan 5.195.000 so‘m pullarni nomaʼlum shaxslar o‘g‘irlab ketganligini maʼlum qilgan.

Tezkor qidiruv va surishtiruv ishlari mobaynida savdo do‘koniga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasidan olingan videotasvir, Andijon viloyati IIB EKMda mavjud Shaxsni identifikatsiya qilish tizimi” orqali tekshirilganida, ushbu o‘g‘irlik jinoyatini sodir etgan fuqaro  Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi K.M ismli shaxs ekanligi aniqlangan. Holat bo‘yicha fuqaro K.Mdan o‘g‘irlab ketilgan ashyoviy dalillar xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.

Hozirda Shahrixon tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech