11 Noyabr 2022 yil 510

Andijon viloyati IIB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarining oldi-sotdisi bilan bog‘liq holat aniqlandi

Joriy yilning 5-noyabr kuni Andijon viloyati IIB JQB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, Andijon tumanida yashovchi fuqaro E.E hamda Andijon shahrida yashovchi T.Slar jinoiy til biriktirgan holda xolis xaridorga 4.800.000 so‘m pullar evaziga 43 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan vaqtida ushlandi.

Bundan tashqari, fuqaro E.E.dan 1 dona 0,5 litr hajmli giyohvand moddasini isteʼmol qilish uchun mo‘ljallangan yelim idish va 1 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasi, fuqaro T.S. dan 1 dona shisha sprey idishda suyuqlik va 0,12 gramm "gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tezkor surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech