24 Sentyabr 2022 yil 968

Andijon viloyati IIB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan taqiqlangan dori vositalari va giyohvandlik moddalarini sotayotgan fuqarolar qo‘lga olindi

Joriy yilning 20 sentyabr kuni, Andijon viloyati IIB JQB hamda DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida Andijon shahar Mustaqillik MFY Mangulik ko‘chasi hududida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida, ushbu hududda taqiqlangan dori vositalarini sotayotgan bir nechta shaxslar aniqlandi.

Andijon shahrida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan erkak fuqaro P.Bning yoni ko‘zdan kechirilganida, ko‘lidagi sumkasida 50 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi, Oltinko‘l tumani fuqarosi 1984 yilda to‘g‘ilgan X.Dning yonidan  280 dona “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari, Andijon shahar fuqarosi 1992 yilda tug‘ilgan N.Uning yonidan  1 dona “Tropikamid” va 2 dona “Regapen” kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari hamda Andijon shahrida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan O.Mning yonidan 0,40 gramm “gashish” giyohvand moddasi borligi aniqlandi.        

Mazkur holatlar yuzasidan Andijon shahar IIOFMB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech