Andijon viloyati IIB hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi
Ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilar pensionerlar hamda ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek xodimlarning haq to‘lanadigan ishga yoki mehnat daromadi keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan turmush o‘rtoqlari va 18 yoshga yetgan farzandlarini kasbga yo‘naltirish, kasbiy qiziqishi va layoqatini inobatga olgan holda bo‘sh vaqtlarini maqsadli o‘tkazishlarini taʼminlash maqsadida 2022-yil 19-noyabr kuni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumda, “Ishga marhamat” monomarkazlarida xizmat ko‘rsatish va servis, texnik, umumqurilish, xorijiy tillarni o‘qitish, raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik asoslari sohalari va boshqa yo‘nalishlarda xodimlarning oila aʼzolari va pensionerlarni kasbga o‘qitilishi belgilangan.
Ayni shu maqsadda Andijon viloyati IIB hamda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi bilan ham o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad IIOlarida xizmat qilayotgan xodimlarning oila aʼzolarini kasbga yo‘naltirish va bandligini taʼminlash pirovardida oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati