Andijon viloyati IIB hamda viloyat hokimligi tomonidan xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma dasturga asosan Ulug‘nor tumanida amaliy ishlar olib borilmoqda
Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov tomonidan 2021 yilning 31 dekabr kuni tasdiqlangan “Andijon viloyatida 2022 yil davomida xotin-qizlar bilan yangicha ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash, oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy, ruhiy muhit barqarorligini mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma dastur” ijrosini to‘la va sifatli taʼminlash bo‘yicha joriy yilning 6 aprel kuni Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik G.Abduvoxidova boshchiligidagi viloyat ishchi guruhi tomonidan Ulug‘nor tumani majlislar zalida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda tuman ishchi guruhi, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining o‘rinbosarlariga qo‘shma-dastur mazmun-mohiyati, aholi o‘rtasida olib boriladigan targ‘ibot ishlarini tashkil qilish, aholining muammoli qatlamlari bilan ishlash yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.
Shundan so‘ng viloyat ishchi guruhi tomonidan Obod va Yangiobod mahallalarida joylashgan tikuvchilik korxonalari ko‘zdan kechirilib, o‘rganishlar jarayonida ikki nafar ishsiz ayollar ish bilan taʼminlandi.
Hozirda ishchi guruh tomonidan qo‘shma dasturda belgilab berilgan vazifalar ijrosini taʼminlash yuzasidan amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati