15 Fevral 2022 yil 382

Andijon viloyati IIB HPB tomonidan 2022 yil davomida xotin-qizlar bilan yangicha ishlash bo‘yicha ishga tushirilgan qo‘shma dasturga asosan Buloqboshi tumanida seminar o‘tkazildi

Andijon viloyatida 2022-yil davomida xotin-qizlar bilan yangicha ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash, oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy ruhiy muhit barqarorligini mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikka sabab bo‘layotgan omillarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha qabul qilingan qo‘shma dastur yuzasidan Buloqboshi tumanida viloyat seminari o‘tkazildi.

Ushbu seminarda Andijon viloyati hokimining maslahatchisi, viloyat mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari M.Nizomova, Andijon viloyat IIB HPB boshlig‘ining HQMB o‘rinbosari, podpolkovnik G,Abduvohidova, tumanlar hokimlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari, ichki ishlar bo‘limlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari hamda tumandagi MFY raislarining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari va otin oyilar ishtirok etdilar.

Seminarda qo‘shma-dasturning mazmun-mohiyati barcha yig‘ilganlarga atroflicha yetkazilib, aholi o‘rtasida olib boriladigan targ‘ibot ishlarini tashkil qilish, aholining muammoli qatlamlari bilan ishlash yuzasidan muhim vazifalar belgilab olindi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech