Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida voyaga yetmaganlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda
2021-yil 27-noyabr kuni Andijon viloyati IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan “Xavfsiz hudud” keng qamrovli profilaktik tadbirlari doirasida Milliy gvardiya Andijon viloyat boshqarmasida Andijon va Oltinko‘l tumanlaridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida tahsil olayotgan voyaga yetmaganlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda ichki ishlar organlari va hududiy hokimliklarning profilaktik hisobida turgan 220 nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.
Unda Milliy gvardiya Andijon viloyat boshqarmasi, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, patrul-post hamda kinologiya xizmatidan masʼul xodimlar o‘zlari bilan xizmat avtomashinalari va ko‘rgazmali qurollar bilan ishtirok etdilar.
Maktab o‘quvchilariga ushbu sohaviy xizmatlar va ularning vazifalari nimalardan iborat ekanligi haqida atroflicha maʼlumotlar berilib, ko‘rgazmali qurollari bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbirdan asosiy ko‘zlangan maqsad voyaga yetmaganlarni vatanga bo‘lgan muhabbatini oshirish, kasb-hunarga bo‘lgan ishtiyoqini kuchaytirish hamda zamonaviy qurol-aslaha texnikalar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Andijon viloyatining shahar-tumanlaridagi umumiy o‘rta taʼlim maktablarida tahsil olayotgan voyaga yetmaganlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati