26 May 2023 yil
430
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Asaka tumanida yashovchi yoshlar muammolari o‘rganildi
Joriy yilning 23-may kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.I.Fayzullayev hamda mutasaddi idora xodimlari ishtirokida Asaka tumani, “Yuqori bo‘z” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlarning yashash xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning muammolari o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida kelib tushgan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan masalalar bo‘yicha masʼul ijrochilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati