16 May 2023 yil 435

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Asaka tumanida yoshlar muammolari o‘rganildi

Joriy yilning 16-may kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i I.I.Fayzullayev hamda mutassaddi idora xodimlari ishtirokida Asaka tumani, “Yuqori bo‘z” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning muammolari o‘rganildi.

Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha masʼul ijrochilarga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech