16 May 2023 yil 405

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Oltinko‘l tumanida sodir etilgan firibgarlik jinoyatlari yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

2023-yilning 15-may kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.I.Fayzullayev ishtirokida Oltinko‘l tumanida sodir etilgan firibgarlik jinoyatlari yuzasidan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ushbu tadbirda fuqarolarga sodir etilgan firibgarlik, ayniqsa, plastik kartalar orqali ro‘y berayotgan talon-tjrojliklarning sabablari va bunga imkon bergan omillar haqida atroflicha so‘z yuritilib,odamlarning aksariyat xollarda firibgarlar tuzog‘iga tushib qolishlariga eng avvalo, o‘zlari sababchi bo‘layotganliklari hayotiy misollar orqali aytib o‘tildi.

Muhokama yakunida firibgarlik va boshqa turdagi jinoyatlar bo‘yicha fuqarolar bilan savol javoblar qilindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech