5 Iyun 2023 yil 383

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Qo‘rg‘ontepa tumanida o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi

2023-yilning 3-iyun kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik I.I.Fayzullayev raisligida Qo‘rg‘ontepa tumanida o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Xususan, Qo‘rg‘ontepa tumanida bir guruh shaxslar tomonidan katta miqdordagi kredit mablag‘larining o‘zlashtirilganligi holati bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jinoyat muhokamasida fuqarolarga ushbu sodir etilgan jinoyatga sabab bo‘lgan omillar haqida atroflicha maʼlumotlar berilib, har qanday jinoyat uchun jazoning muqarrarligi hayotiy misollar orqali yetkazildi.

Jinoyat muhokamasi davomida fuqarolar ham o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq sodir etilayotgan jinoyatlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Yakunda firibgarlik va boshqa turdagi jinoyatlar bo‘yicha ham fuqarolar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech