8 Fevral 2023 yil
296
Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Xo‘jaobod tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 7-fevral kuni Xo‘jaobod tumanining "Mustaqillikning 27 yilligi" mahallasi hududida joylashgan "Madaniyat markazida" Andijon viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari I. Fayzullayev,tuman IIB boshlig‘i R. Jaloldinov hamda tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Musayevlar boshchiligida "Mustaqillikning 27 yilligi" va "Mustaqillikning 30 yilligi" fuqarolari bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Xususan uchrashuvda ushbu mahallalarda sodir etilgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar keng muhokama qilinib, kelgusida bunday qonun buzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik va ularni oldini olish bo‘yicha yig‘ilganlarga tushunchalar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati