Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Andijon viloyati sudi hamkorligida xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi
2023 yilning 5 avgust kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvilar ishtirokida navbatdagi videokonferensaloqa tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda «Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 2023 yil 23 iyun kunidagi 17-sonli qarori mazmun va mohiyati Tergov boshqarmasi hamda taklif etilgan Andijon viloyati sudyalari tomonidan ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.
O‘quv seminari yakuniga ko‘ra, o‘quv-seminar ishtirokchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati