Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Andijon filiali ekspertlari tomonidan xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi
Joriy yilning 8-aprel kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida videokonferensiya tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda “Jinsiy erkinlikka qarshi jinoyatlarni tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha Tergov boshqarmasi hamda taklif etilgan Respublika sud tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Andijon filiali ekspertlari tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.
O‘quv seminari yakunida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javoblar olishib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati