3 Aprel 2023 yil 472

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda sud organlari tomonidan xodimlarning bilim saviyasini oshirishga qaratilgan o‘quv-seminar tashkil etildi

Joriy yilning 1-aprel kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida videokonferensiya tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda “Firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarini tergov qilishning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusi bo‘yicha Tergov boshqarmasi hamda taklif etilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi sudyalari tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi. Shuningdek, mashg‘ulot davomida sudlar tomonidan kiritilayotgan xususiy ajrimlar muhokama qilindi.

O‘quv seminari yakunida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olib, o‘z fikr va mulohazalarini bayon etdilar.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech