Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligi ish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 27-iyul kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi bo‘linmalari tomonidan joriy yilning birinchi yarim yilligi ish yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda, 2023-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ruhda muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Tadbir davomida, ijobiy ko‘rsatkichlarga erishib, xizmat vazifasiga vijdonan yondashgan, hamkasblariga har tomonlama o‘rnak bo‘layotgan xodimlarning xizmati munosib eʼtirof etildi. Ularning bir guruhiga IIV rahbariyatining tashakkurnomasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasining tashakkurnoma hamda pul mukofotlari topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati