Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼul rahbarlari tomonidan o‘zgalar mulkini talon-toroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 16-mart kuni Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼul rahbarlari tomonidan Andijon shahridagi 30-umumtaʼlim maktabida 2023-yilning o‘tgan davri mobaynida fuqarolarning juda ko‘p miqdordagi mol-mulklarini firibgarlik yo‘li bilan talon-taroj qilish bilan bog‘liq sodir etilgan jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.
Tadbir davomida ushbu jinoyatlarni sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar va omillar tub ildizigacha muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilarga kommunal to‘lovlar, xususan gaz va elektr energiyasidan foydalanganlik uchun pullarini o‘z vaqtida to‘lab borishlari hamda ulardan to‘g‘ri foydalanishlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Hozirda Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi masʼul rahbarlari tomonidan bu kabi tushuntirish va targ‘ibot ishlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati