12 Avgust 2023 yil 416

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilar ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi

Xodimlarning bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil etilgan o‘quv-seminarda tergov boshqarmasi huquqshunoslari “Odil sudlovni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumi qarorining mazmun va mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.

Jarayonda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Hozirda bu kabi o‘quv-seminarlarning o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech